Tish davolash maskani o‘rnida ko‘p tarmoqli klinika Mamlakatimizda aholi salomatligiga ustuvor vazifa sifatida qaraladi.
Tish davolash maskani o‘rnida ko‘p tarmoqli klinika Mamlakatimizda aholi salomatligiga ustuvor vazifa sifatida qaraladi.

 

Tish davolash maskani o‘rnida ko‘p tarmoqli klinika Mamlakatimizda aholi salomatligiga ustuvor vazifa sifatida qaraladi. Zamonaviy sharoit va jihozlarga ega davolash maskanlari bu boradagi maqsadlarni to‘la ro‘yobga chiqarishda muhim ahamiyatga ega.

Xususan, kuni kecha Shahrisabz shahrida stomatologiya poliklinikasi binosi yangidan ta’mirlanib, “Kesh Medical Plaza” MCHJ ko‘p tarmoqli klinikasi tashkil etildi. 

Hokimlik axborot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, mazkur tibbiyot muassasasi uchun 4 milliard so‘m va 230 ming AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritilib, buning 1,6 milliard so‘mi hamda 200 ming dollari bank kredit mablag‘i hisobidan bajarildi.

1997

Mazkur klinikada davolashning 10 ga yaqin turi va jarrohlik muolajalari amalga oshiriladi. Hudud aholisi salomatligini tiklash uchun qulay va sifatli bo‘lgan klinika xizmatidan ko‘pchilik mamnun bo‘lishi tabiiy.

Tibbiyot maskanining tantanali ochilish marosimida shahar hokimi Akram Sulaymonov ishtirok etib, tashabbuskorlarni va homiylar xizmatini e’tirof etdi, shifokorlar faoliyatiga rivoj tiladi.